10:55 / 02.02.2025
94

Jurnalist qiz Letitsiya Ortis qanday qilib Ispaniya qirolichasiga aylangan?

Jurnalist qiz Letitsiya Ortis qanday qilib Ispaniya qirolichasiga aylangan?
Letitsiya Ortis Roksalanoning ajdodlari orasida aslzodalar boʻlmagan. Uning bobosi taksichi, otasi jurnalist, onasi oddiy hamshira boʻlgan. Qanday qilib u Ispaniya shahzodasining muhabbatini qozongan? Shunchaki tasodif orqali.

Kelajagiga sababchi boʻlgan kasb

Letitsiya bolalikdan jurnalistikaga qiziqardi. 10 yoshidanoq u Ispaniya radioeshittirishlarida ishtirok etardi. Madrid universitetining jurnalistika fakultetida oʻqiyotgan qiz gazetada ishlaydi va diplom olish bilan televideniyega koʻngilli jurnalist sifatida ishga kiradi. U muhim siyosiy voqealarni, hodisalarni, shu jumladan, teraktlarni yoritadi.

1998 yil avgustda Letitsiya birinchi muhabbati — maktab oʻqituvchisi Alonso Guerrero Peres bilan turmush quradi. Lekin bir yil oʻtib, nikoh bekor qilinadi.

Letitsiya shahzodani jurnalistikada ishlab yurganida uchratadi. 2002 yil noyabrda Letitsiya Ispaniyaning shimoliga safarga chiqadi. U erda qirol oilasidan vakil sifatida chiqqan shahzoda Filipp bilan tanishadi.

Jurnalistdan malikaga

2003 yil 1 noyabrda esa Letitsiya va Felippe ilk uchrashgan kunda, qirollik saroyi ularning toʻyi boʻlayotganini e'lon qiladi. Olti kun ichida tantanali unashtiruv marosimi boʻlib oʻtadi. Felippe toʻy marosimida Letitsiyaga olmoslar bilan bezatilgan uzuk sovgʻa qiladi, Letitsiya esa turmush oʻrtogʻiga oq oltindan yasalgan uzuk va Mariano Xose de Larraning kitobini beradi.

Unashtiruvdan soʻng, Ortis televideniyedagi ishidan ketadi va saroyga koʻchib oʻtadi. Ularning toʻyi 2004 yil mayda Madridning Santa-Mariya-la-Reyal-de-la-Almudena katedralida boʻlib oʻtadi. Kelinchak fil suyagi rangidagi hashamatli libosda, olmos tiarada koʻrinish beradi. Evropada 1,5 milliard odam ushbu marosimni tomosha qildi.

2005 yil 31 oktyabrda juftlikning toʻngʻich qizi Leonor dunyoga keladi, 2007 yilning aprelida esa ikkinchi qizi Sofiya tugʻiladi.

Sevgi va nafrat

Letitsiya tezda umr yoʻldoshining sevimli qirolichasiga va butun dunyo boʻylab eng koʻp muhokama qilinadigan qirollik vakiliga aylanadi. U tez-tez zamonaviy kiyinadigan mashhur ayollar roʻyxatiga kiritiladi. Qizigʻi shundaki, qirolicha faqat ispan brendlari, masalan Zara va Mango liboslarini kiyishni yaxshi koʻradi. Ya'ni uning obrazlarini har qanday oʻrtacha maoshli ayol takrorlashi mumkin. Albatta, Letitsiya ba'zan dizaynerlik liboslarida ham paydo boʻladi, ammo ularni koʻpincha qimmat boʻlmagan aksessuarlar bilan toʻldiradi.

Yaxshi didi va tejamkorligi uchun Letitsiya “britaniyalik Zolushka” Keyt Middlton bilan taqqoslanadi. Britaniya matbuoti qirollik a'zolarining liboslarini batafsil tahlil qiladi. Biroq ba'zan jurnalistlar ispan qirolichasini juda koʻp gulli tufli yoki ochiq dekolte uchun tanqid qilishadi.

2008 yilda qirolicha burun devorini toʻgʻrilash uchun rinoplastika qildirgan. Ammo OAV ushbu operatsiyadan soʻng uning burni tekis va qisqa boʻlib qolganini tanqid qila boshladi.

Bu ham etmagandek, Letitsiyaning amakivachchasi David “Xayr, shahzodam” kitobini yozadi. Oʻz asarida u Letitsiyaning nikohdan oldingi shaxsiy hayotini yoritadi… Biroq Ispaniya televideniyesiga bergan intervyusida u qarindoshini tanqid qilishni maqsad qilmaganini, faqat monarxiya va mamlakat institutlariga qarshi ekanligini bildiradi.

Ammo barcha bu tanqidlarga qaramay, qirolicha Letitsiya oʻzini qoʻlga oldi. Eng salbiy izohlar ham uni xafa qila olmadi. U har doim tabassum qiladi va mukammal koʻrinishning uddasidan chiqadi.





arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo