09:16 / 03.02.2025
202

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar soni ma'lum qilindi

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar soni ma'lum qilindi
Foto: “RIA Novosti”
Rossiyada 670 mingga yaqin noqonuniy migrantlar bor. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorova ma'lum qildi.

Gorovaning soʻzlariga koʻra, 30 aprelga qadar xorijliklar Rossiyada oʻz maqomini qonuniylashtirish uchun IIV va tegishli idoralarga murojaat qilish huquqiga ega.

Maxsus hisoblarimiz boʻyicha tekshiruv oʻtkazib, jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar sodir etmaganini aniqlash natijasida ushbu chet el fuqarolarining huquqiy maqomini tartibga solamiz. Aks holda, ular mamlakatni tark etishi shart, dedi Gorovoy.

Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin 5 fevraldan Rossiyada noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish tartibi ishlashini ma'lum qilgandi.

Rossiya qonunchiligiga rioya qilmaydigan yoki bu erda qonuniy boʻlish huquqini yoʻqotganlar mamlakatimizda boʻlmasligi kerak, degan u.
Volodin mazkur chora xavfsizlikni oshirishga qaratilganini aytgan. Mamlakatga kirish va Rossiyadan chiqish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik joriy etiladi. Qonun nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritilgan migrantlarga xizmat koʻrsatishga ham taalluqli boʻladi.

2025 yil 1 yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin migrantlarning bolalariga rus tilini oʻrgatishni tashkil etish boʻyicha topshiriq bergandi. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev esa giyohvandlikka chalingan migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga chaqirgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo