Rossiyada migrantlarning pul oʻtkazmalaridan davlat boji undirish taklif etildi. Tashabbus «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi raisi va Davlat dumasi deputati Sergey Mironov tomonidan ilgari surildi.
Deputat chet el fuqarolarining transchegaraviy oʻtkazmalari uchun davlat bojini joriy etish zarurligini aytib, oʻtgan yil yakunlariga koʻra Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyadan oʻz mamlakatiga 14 milliard dollardan ortiq mablagʻ oʻtkazganini ta'kidladi.
«Migrantlarning katta qismi Rossiyada soliq toʻlamaydi, migrantlar katta miqdordagi pulni mamlakatdan olib chiqib ketishadi. 2021 yilda hukumat pul oʻtkazmalari uchun qoʻshimcha toʻlovlar masalasini muhokama qilgan, biroq Moliya vazirligi bu masalani kechiktirgan edi. Amaldorlarimiz Rossiya fuqarolari uchun tariflar, aktsizlar va yigʻimlarni oshirishga kelganda dovdirab qolmaydi, lekin chet elliklar haqida gap ketganda, darrov oʻylab qolishadi. Ayni paytda, agar 3 foizlik boj joriy etilsa, gʻaznaga faqat ikki respublika — Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga oʻtkazmalardan 45 milliard rubldan ortiq mablagʻ tushadi. Bizga shunday pul kerak emasmi? Biz qonunchilik tashabbusini tayyorlab, Davlat Dumasiga taqdim etamiz», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar