14:38 / 05.02.2025
121

Turkiyada ishsiz oʻgʻil onasini otib oʻldirdi

Turkiyada ishsiz oʻgʻil onasini otib oʻldirdi
Foto: DHA
Turkiyaning Sakarya provintsiyasida 30 yoshli erkak ishsizlik va turmushidagi muammolar tufayli yuzaga kelgan janjalda ov miltigʻida otib oʻldirdi. Bu haqda Son Dakika xabar berdi.

Onasi janjal vaqti oʻgʻlini ishlamasligi va uylanmagani uchun tanqid qilgan. Voqeadan soʻng oʻgʻil 112 xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, bedarak yoʻqolganini aytgan. Keyin esa u jandarmeriya xodimlari tomonidan topilgach, qotillik sodir etganini tan olgan.

Politsiya xodimlari qotillik yuz bergan uyga borganida 62 yoshli ayolning jasadiga duch kelgan. Marhumaning jasadi voqea joyida oʻtkazilgan tergov ishlaridan keyin oʻlikxonaga yuborilgan. Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Uydan topilgan barcha dalillar tekshirish uchun tegishli boʻlinmaga yuborilgan.

Oʻgʻilning otasi hodisa payti tuman markazida boʻlgan. Gumonlanuvchi sud majlisidan soʻng hibsga olinib, qamoqxonaga joʻnatilgan.

Onasini oʻldirish bilan bogʻliq dahshatli hodisa 2023 yilda Tojikistonda yuz bergandi. Oʻshanda 32 yoshli erkak onasini 136 marta pichoq urib oʻldirgan. Qoʻlga olingan shaxs va 65 yoshli marhuma oʻrtasida janjal kelib chiqqandi. Ular oʻrtasidagi mojaro sabablari ma'lum qilinmagan. Ayol ruhiy kasallikdan aziyat chekkan va 1993 yildan beri mahalliy ruhiy shifoxonada roʻyxatga olingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo