![Tramp ma'muriyatining qarorlari namoyishlarni keltirib chiqardi](/uploads/posts/2025-02/nx775jgrblsn2wmyuf9llxhpadx12o8e.webp)
Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda, AQSh prezidenti lavozimiga kirishgach, AQShning oʻzida ham, butun dunyo boʻylab ham ulkan rezonans koʻtargan qator qonunlarni imzoladi. Oq uydagi birinchi kundanoq Tramp tugʻilgan joyi boʻyicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga qaror qildi (sud bu farmonni allaqachon bekor qilgan), migrantlarni qabul qilish va boshpana taqdim etish qoidalarini oʻzgartirdi, AQShning Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va iqlim boʻyicha Parij kelishuvidan chiqishi tashabbusini ilgari surdi, shuningdek butun dunyo boʻylab faoliyat olib boruvchi Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali yordam taqdim etishni toʻxtatdi.
Bundan tashqari, Tramp Kanada, Meksika va Xitoy bilan savdo urushi boshlashga tayyorligini e'lon qildi, transgender sportchilarga ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni taqiqladi, shuningdek, AQSh hukumati faqat ikki gender — «erkak va ayol»ni tan olishini bildirdi. AQSh yangi prezidenti faolligi mamlakat chegaralaridan tashqariga ham tarqalgan, jumladan, u AQSh Gʻazo sektorini «oʻz nazoratiga olish»ga tayyorligini ma'lum qilgan.
SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask rahbar etib tayinlangan va keng vakolatlarga ega boʻlgan Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) ham oʻzini koʻrsatmoqda.
Bunga javoban ijtimoiy tarmoqlarda ishtirokchilari #buildtheresistance va #50501 heshteglaridan foydalanib, mamlakat aholisini Tramp va uning ma'muriyati tahdidi ostida qolgan demokratiya himoyasi uchun otlanishga chaqirayotgan «50501 harakati» (50 namoyish, 50 shtat, bir kunda) yuzaga keldi. Ular Tramp safdoshlari tomonidan ishlab chiqilgan «Loyiha 2025» deb nomlangan rejani izchillik bilan amalga oshirayotganini aytishmoqda. Shu bilan birga, CNN qayd etishicha, Trampning oʻzi bir necha bor bunday hujjat bilan tanish emasligini bildirgan.
«Meduza» «50501 harakati» doirasida 5 fevral kuni boʻlib oʻtgan aktsiyalardan fotosuratlarni taqdim etdi.
![](/uploads/posts/2025-02/dpmkqjshurpnzqms0id54htk5sfldgli.webp)
Minnesota shtati kapitoliysidagi namoyishchilar. Ulardan birining qoʻlidagi plakatda shunday yozilgan «Ilon Mask — dahshatli prezident». Sent-Pol, 2025 yil 5 fevral
Nick Wosika / Icon SMI / ZUMA Press / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2025-02/ymvk3x9tsi4jck54bfd2-7ek3_uc63wy.webp)
Vashington shtati markazi — Olimpiyadagi namoyishchilar. Plakatlar orasida quyidagicha yozuvlar bor: «Fashizmga qarshilik koʻrsating», «Amerika barchaniki», «Toʻntarishni toʻxtating. Hech kim Maskka ovoz bermagan» va «NATO, bizni qutqar».
Lindsey Wasson / AP / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2025-02/5t7sfsmf3xq7n0wsncs7uhvv-frjrnmr.webp)
Nyu Yorkdagi aktsiya ishtirokchisi «Eat The Rich» yozuvli plakat koʻtargan — bu anarxistlar, soʻllar va antikapitalistik harakatlar orasida mashhur ibora. Uni — «Boylarni eb qoʻy» deb tarjima qilish mumkin. 2025 yil 5 fevral
Edna Leshowitz / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2025-02/lkapxza_9ucwveazfcr3gfys-_ebroci.webp)
Amerika va Meksika bayroqlarini birlashtirgan namoyishchi. Los-Anjeles, Kaliforniya shtati, 2025 yil 5 fevral
David Swanson / Reuters / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2025-02/rljnzi6qmhfkjhhnnghidmd2i6iz-3gn.webp)
«Irqchilikni — vatanparvarlik sifatida koʻrsatishni bas qiling» va «Iltimos, teslamni trade-in orqali sotishga yordam bering» — deyilgan Las-Vegasdagi namoyishchilarning plakatlarida. Nevada shtati, 2025 yil 5 fevral
John Locher / AP / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2025-02/8wsa5i2atoja60nsnqft9e9syxxrmcdb.webp)
Filadelfiyadagi namoyishchilar, Pensilvaniya shtati
Matt Rourke / AP / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2025-02/zk6coanjoywd2kbbngxozzkoenmiaet.webp)
Nyu Jersi shtati poytaxti Trentondagi norozilik aktsiyasi. «Demokratiya — avtokratiya emas» deb yozilgan oʻngdagi plakatda
Brian Branch Price / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2025-02/7z0dllazqkh3-q0ggdog00drsjanbmzs.webp)
Kapitan Amerika libosidagi namoyishchi Kaliforniya shtati markazi hisoblangan Sakramentodagi kapitoliy zinasida.
Fred Greaves / AFP / Scanpix / LETA
![](/uploads/posts/2025-02/nx775jgrblsn2wmyuf9llxhpadx12o8e.webp)
Kaliforniy shtati kapitoliysi oldidagi namoyishchilar. Sakramento, 2025 yil 5 fevral
Justin Sullivan / Getty Images “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar