20:31 / 08.02.2025
74

Nyu-Yorkda uch yuz yillik skripka 11 million dollarga sotildi

Nyu-Yorkda uch yuz yillik skripka 11 million dollarga sotildi
Antonio Stradivari tomonidan 1714 yilda yasalgan noyob skripka Nyu-Yorkda oʻtkazilgan auktsionda 11,25 million dollarga sotildi, deb yozadi The Guardian.

Ushbu tarixiy musiqa sozi kimoshdi savdolarida yangi rekord oʻrnatishi kutilgan edi, biroq 2011 yilda 15,6 million dollarga sotilgan Lady Blunt (1721 yilda yasalgan) skripkasining rekordi hozircha oʻzgarishsiz qoldi.

Sotheby’s auktsion uyi tomonidan "ohanglar durdonasi" sifatida baholangan 311 yillik ushbu skripka oʻz vaqtida mashhur vengr skripkachisi Yojef Yoaximga tegishli boʻlgan. U buyuk bastakor Iohannes Bramsning yaqin doʻsti sifatida tanilgan.

2015 yilda mazkur musiqa sozining soʻnggi egasi – sobiq talabalardan biri Si-Xon Man vafot etgach, skripka Yangi Angliya konservatoriyasiga xayriya qilingan. Biroq, shartga koʻra, u kimoshdi savdosiga qoʻyilib, undan tushgan mablagʻ musiqa sohasidagi stipendiyalar jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi lozim edi.

Afsonaviy italiyalik usta Antonio Stradivari va uning oilasi XVII-XVIII asrlarda yaratgan skripkalardan taxminan 600 tasi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Ularning koʻpchiligi xususiy kollektsiyalarda mavjud. Ayrim ma'lumotlarga koʻra, Stradivari sozlagan musiqa asboblari turli bitimlarda 20 million dollargacha sotilgan holatlar ham uchragan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo