Gaz plitasini balkonga ko‘chirganlar 8,8 mln so‘mgacha jarima to‘lashi mumkin

Gaz plitasini balkonga ko‘chirganlar 8,8 mln so‘mgacha jarima to‘lashi mumkin

Kvartirada gaz plitasining joyini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish oddiy ta’mirlash masalasi emas. Ayniqsa, plitani balkonga yoki hujjatlarda ko‘rsatilmagan boshqa joyga ko‘chirish qonuniy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ruxsatsiz gaz plitasini boshqa joyga o‘rnatish holati aniqlansa, 6,6 million so‘mdan 8,8 million so‘mgacha jarima qo‘llanishi mumkin.

Muhim: gaz plitasining joylashuvini o‘zgartirishdan oldin tegishli tartibda ruxsat olish zarur.

Muammo faqat gaz plitasini ko‘chirgan odam bilan tugamasligi mumkin. Masalan, kvartiraning avvalgi egasi plitani ruxsatsiz balkonga yoki boshqa joyga o‘rnatgan bo‘lsa, keyinchalik uy-joyni sotib olgan yangi mulkdor ham noqulay vaziyatga tushib qolishi mumkin. Shu sababli kvartira xarid qilishdan oldin:

-gaz plitasining hujjatlarda ko‘rsatilgan joyini tekshirish;

-amaldagi joylashuvi bilan hujjatlardagi ma’lumotlarni solishtirish;

-gaz jihozlari o‘zboshimchalik bilan ko‘chirilmaganiga ishonch hosil qilish muhim.

Gaz plitasini qulayroq joyga ko‘chirish oddiy yechimdek ko‘rinsa-da, ruxsatsiz amalga oshirilgan o‘zgarish keyinchalik jarimaga va qo‘shimcha muammolarga olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar