Zebo Navro‘zova qaynonalarga murojaat qildi: “Kelinni avaylash kerak” (video)

Zebo Navro‘zova qaynonalarga murojaat qildi: “Kelinni avaylash kerak” (video)

Taniqli rejissyor Zebo Navro‘zovaMening oshxonam” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida u yangi tushgan kelinni avaylash, unga oilaning qonun-qoidalarini birdaniga yuklamaslik kerakligi haqida fikr bildirdi.

“Mana, kelin keldi. Boshqa bir oiladan kirib keldi. Shuning uchun, hurmatli qaynonalar, birdaniga o‘z qonun-qoidalaringiz bilan unga tashlanishingiz mumkin emas. Uni avaylash kerak.

O‘g‘lingizni bir shapaloq ursangiz, u baribir 'Onajon', deb ketaveradi. Lekin keliningiz boshqa xonadondan, boshqa ota-onaning bag‘ridan ajralib keldi. Shuning uchun qaynonalar ozgina artistroq bo‘lishi kerak.

To‘g‘ri, baribir ko‘nglining tubida 'men' degan narsa turadi. Bu tabiiy. Ertaga mana shu kelin katta bo‘lganda o‘sha 'men' degan narsani qo‘yadi. Nima demoqchiman, tarozi bo‘lishi kerak.

Qonun-qoidalaringizni singdirishning o‘z yo‘lini toping. Shunday yo‘l topingki, o‘sha qonun-qoidalaringiz oilaga chiroyli kirib kelsin. Bilinmay, hech kimning dili og‘rimaydigan, hech kim xafa bo‘lmaydigan, idish-tovoqlar sinmaydigan holatda kirib kelishi kerak” — deya fikrlarini bildirdi rejissyor.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar