![Kichik Robert Kennedi AQSh sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi](/uploads/posts/2025-02/8796bef703_a3nluw8hmq4hjsqilwnhsodzcsvkaemr.webp)
Foto: Getty Images
AQSh Kongressi 13 fevral kuni oʻtkazilgan yigʻilishda kichik Robert Kennedi nomzodini mamlakat Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi rahbari lavozimiga tasdiqladi, deb xabar beradi CNN.
Qayd etilishicha, ushbu qarorni yoqlab 52 nafar senator ovoz bergan boʻlsa, 48 nafar kongressmen bunga qarshi chiqqan.
Donald Tramp tomonidan tavsiya etilgan Kennedi nomzodini barcha demokrat senatorlar, shuningdek, respublikachi Mitch Makkonnell ham qoʻllab-quvvatlamagan.
Reutersʼning yozishicha, kongressmenlar 71 yoshli Kennedi nomzodini Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga ikki kunlik eshituvlardan soʻng tasdiqlagan. Demokratik partiya vakillari Kennedini hayot uchun muhim boʻlgan dori vositalarini shubha ostiga oladigan fitna nazariyalarini tarqatishda, shuningdek, vaktsinatsiyaga qarshi kurashdan moliyaviy manfaatdor ekanlikda ayblagan. Kennedi ushbu bayonotni rad etgan. U mavjud vaktsinatsiya dasturini himoya qilishga va'da bergan.
Kichik Robert Kennedi — AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyanidir. 2023 yil oktyabrda u AQSh prezidentligi saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishga qaror qilgandi, ammo joriy yilning avgustida oʻzining saylovoldi kampaniyasini toʻxtatib, Donald Trampni qoʻllab-quvvatlagan edi.
Saylovlardagi gʻalabadan keyin Tramp Kennedini Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari lavozimiga ilgari surib, u «surunkali kasalliklar epidemiyasiga barham berishga va Amerikani yana buyuk hamda sogʻlom qilishga» qodir ekanini ma'lum qilgandi.
Dekabr boshlarida oʻnlab olimlar va Nobel mukofoti laureatlari AQSh Senatini kichik Robert Kennedining sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari lavozimiga tayinlanishiga qarshi ovoz berishga chaqirgan edi. Olimlar Kennedi AQShda vaktsinatsiyaga qarshi boʻlgan, ichimlik suvni ftorlash usullarini tanqid qiladigan, shuningdek, OITS va boshqa kasalliklarni davolashning muvaffaqiyatli usullariga oid fitna nazariyalarini tarqatib keladigan eng mashhur insonlardan biri ekanini eslatib oʻtgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar