06:48 / 22.02.2025
428

Ramzan Qodirov umrbod Checheniston rahbari lavozimida qolish istagini bildirdi

Ramzan Qodirov umrbod Checheniston rahbari lavozimida qolish istagini bildirdi
Foto: AFP
2007 yildan beri Chechenistonning rahbari Ramzan Qodirov respublikani umrbod boshqarishga da'vo qilayotganini ma'lum qildi. Uning vakolat muddati 2026 yilda tugaydi va uni uzaytirish mamlakat qonunchiligida nazarda tutilmagan, deb yozadi Daryo nashri.

Kreml bu borada sukut saqlamoqda

2004 yilda Rossiya tarafdori boʻlgan Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad Qodirov terrorchilik hujumi oqibatida halok boʻlganidan soʻng, uning oʻgʻli vorislikka da'vo qilgan, ammo federal qonun Ramzanni yosh senzi tufayli lavozimga tasdiqlashga ruxsat bermagan. Oʻsha paytda Qodirov 30 yoshda boʻlgan. Checheniston Davlat kengashi senzni pasaytirishni soʻrab Kremlga murojaat qilgan, ammo kichik Qodirov uchun qonun oʻzgartirilmagan.

Sobiq siyosiy mahbus, Memorial inson huquqlarini himoya qilish markazi hamraisi Oleg Orlovning fikricha, Ramzan Qodirovning bunday bayonot berishiga uning oʻzining nomunosibligi sabab boʻlgan. Ilgari Orlov Chechenistonga tez-tez borib turgan va bir vaqtlar huquq himoyachisini tuhmatda ayblagan respublika rahbari bilan sudlashgan va oʻsha paytda sudda gʻalaba qozongan.

Qodirov bir necha yildan beri sogʻlom fikr doirasidan tashqarida boʻlgan mutlaqo yovvoyi va ahmoqona xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda. Men buni “Checheniston hukmdori”ning uzoq davom etgan kasalligi bilan ham bogʻlayman. Goh u oʻgʻlini ordenlar bilan mukofotlaydi, yuqori lavozimlarga tayinlaydi va merosxoʻrini boshqa viloyatlar rahbarlari tomonidan mukofotlanishiga erishadi. Bu hammada faqat kulgi va boʻgʻiq gʻazab uygʻotadi. Bu esa yaqqol noadekvatlik. U shu yoʻl bilan davomiylikni ta'minlamoqchi ekani aniq, deya qoʻshimcha qildi u.

Orlovning ta'kidlashicha, “Qodirov haqiqatan ham butun umri davomida hokimiyat jilovini saqlab qolish, keyin esa respublikani oilasi boshqarishi haqida qaygʻuradi. Uning vakolatini qanday uzaytirish yoʻlini topishadi. Qonun yoʻqmi, oʻylab topishadi. Qonunchilikka “istisno tariqasida” zarur oʻzgartirishlar kiritiladi, muammo emas”.

Qodirovning bunday qarorga kelishiga, albatta, oʻz vakolatlarini uzaytirish va hokimiyatni saqlab qolish istagi turtki boʻldi. U oʻz avlodlariga yuqori lavozimlarni qanchalik taqsimlamasin va turli lavozimlarga qarindoshlarini tayinlamasin, baribir Qodirov hokimiyatdan ketsa, klan xavf ostida qoladi, dedi Saxarov radiosi bosh muharriri Sergey Lukashevskiy.
2024 yilning dekabr oyida Rossiya prezidenti Qodirovga II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordenini topshirgan edi.

Mukofot “Rossiya davlatchiligi mustahkamlanishiga, mamlakat mudofaa qobiliyati kuchaytirilishiga hamda Checheniston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” degan ta'rif bilan taqdim etilgan.

“Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni toʻrtta darajaga ega boʻlib, birinchisi eng yuqori hisoblanadi. Qodirov ushbu mukofotning toʻrtinchi (2006), uchinchi (2021) va ikkinchi darajalari bilan taqdirlangan. Qodirovni ushbu ordenning ikkinchi darajasi bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi farmon prezident tomonidan fevral oyida imzolangan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo