Jastin Geyji faoliyatini yakunlashi mumkin: «Hali qaror qabul qilganim yo‘q»

UFC yengil vazn toifasi chempioni Jastin Geyji faoliyatini davom ettirish borasida hali yakuniy qarorga kelmaganini aytdi. 37 yoshli jangchi uchun endi asosiy masala pul emas, sog‘liq ekanini ta’kidladi.
«Menimcha, endi isbotlaydigan narsam qolmadi. 37 yoshdaman, 2008 yildan beri jang qilib kelyapman. Hali qaror qabul qilganim yo‘q», — dedi Geyji.
Uning ta’kidlashicha, hozir davolashni talab qiladigan jarohatlari bor. Shu bilan birga, jangchi so‘nggi oktagondagi ishtiroki faoliyatidagi eng yaxshi chiqishlaridan biri bo‘lganini qayd etdi.
«Gap hech qachon pulda bo‘lmagan. Gap sog‘liq haqida ketyapti. Shu bilan birga so‘nggi jangimda faoliyatimdagi eng yaxshi chiqishlardan birini namoyish etganimni tushunaman. Ikki o‘t orasida qolganman», — dedi chempion.
Geyjining keyingi raqibi sifatida Arman Sarukyan nomi tilga olinmoqda. Biroq chempion hozircha bu jang bo‘yicha qaror qabul qilmagan.
Geyji so‘nggi jangini 2026 yil iyun oyida o‘tkazib, UFCning Oq uydagi turnirida Iliya Topuriyani texnik nokaut bilan mag‘lub etgan va chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.































Izohlar 0
…