
Foto: Getty images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tabiiy resurslar boʻyicha Kiyev va Vashington oʻrtasida «hadli bitim»ga erishilganini tasdiqladi. Bu haqda u 26 fevral kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, u Amerika tomoni bilan muzokaralarda koʻtargan asosiy savollar bitim matnida toʻgʻri aks ettirilgan.
«Men uchun asosiysi, biz qarzdor emasmiz, kelishuvda na 500 milliard, na 350 milliard va na 100 milliard qarz keltirilgan. Bu bizga nisbatan adolatsizlik boʻlar edi», — deydi Zelenskiy.
Shuningdek, uning aytishicha, bitimda Ukraina xohlaganidek xavfsizlik kafolatlari keltirilmagan, ammo ular haqida soʻz boradi.
«U erda Ukraina xohlagan xavfsizlik kafolatlarining barchasi yoʻq, ammo men u erda hech boʻlmasa taklif boʻlishini istardim va hadli bitim doirasida u bor, adashmasam, 10-bandda», — deydi Ukraina prezidenti.
Avvalroq Ukraina vakillari AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati bilan tabiiy resurslar boʻyicha bitim shartlarini kelishib olgani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Financial Times ma'lumotlariga koʻra, Vashington Ukraina tabiiy resurslarini qazib olishdan 500 milliard dollar daromad olish talabidan voz kechganidan keyin Kiyev mamlakatdagi mineral resurslarni, jumladan, neft va gazni birgalikda oʻzlashtirish boʻyicha bitimni imzolashga rozi boʻlgan.
Keyinroq bitim matni e'lon qilindi. Unda xavfsizlik kafolatlari haqida ham soʻz boradi: «AQSh hukumati Ukrainaning tinchlik oʻrnatish uchun zarur boʻlgan xavfsizlik kafolatlarini olishga boʻlgan sa'y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar