12:38 / 02.03.2025
762

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik yo‘lovchilar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik yo‘lovchilar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 205 yil 2 mart kuni tunda Samara—Chimkent trassasida sodir bo‘lgan. Ichida 33 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobusga yuk mashinasi kelib urilgan. Avtobus Ufa shahridan Samarqandga kelayotgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtobusdagi O‘zbekiston fuqarosi yo‘lning xavfsiz qismida turgan boshqa bo‘sh avtobusga o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga borib-kelishda turli avtobuslardan aktiv foydalanishadi. Oqibatda, havo noqulay bo‘lib, yo‘llar muzlagan paytlarda tez-tez YTHlar sodir bo‘ladi va oqibatda odamlar halok bo‘ladi.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bilan bog‘liq eng ayanchli fojia 2018 yil 18 yanvar kuni sodir bo‘lgandi. O‘shanda o‘zbekistonliklarni Rossiyaga olib ketayotgan avtobus Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida yonib ketgan edi. Fojia oqibatida avtobus salonida bo‘lgan 57 kishidan 52 nafari halok bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo