14:14 / 26.03.2025
4 524

Qozog‘istonda uchinchi dron quladi – TIV izoh berdi

Qozog‘istonda uchinchi dron quladi – TIV izoh berdi
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida noma’lum dron qulagani bo‘yicha Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aqan Raxmetullin izoh berdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Majlisda jurnalistlar TIVdan dronning kimga tegishli ekani haqida so‘rashdi. Raxmetullin bu borada rasmiy bayonot keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qildi.

"Albatta, bayonot bo‘ladi, lekin hozircha bu dron qayerdan kelgani va kimga tegishli ekani noma’lum. Tergov ishlari olib borilmoqda. Kim tomonidan uchirilgani aniqlangach, kerakli qarorlar qabul qilinadi", — dedi u.

TIVning yana bir o‘rinbosari Alibek Kuantirov ham holat yuzasidan gapirdi: "U yerda texnik masalalar muhim — qayerdan kelgani, qayerga tushgani, kim ishlab chiqargani. Buni mutaxassislar aniqlaydi", — dedi u qisqacha.

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin JoniBek tumanida noma’lum dron bo‘laklari topilgan edi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ob’yekt aholi yashaydigan hududlardan yiroqda aniqlangan. Bu G‘arbiy Qozog‘istonda so‘nggi vaqtlarda qayd etilgan uchinchi bunday holat: 18-martda Tasqalin tumanida, 18-fevralda esa Uyalı qishlog‘i yaqinida ham shunday dron qulashlari sodir bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo