18:48 / 29.03.2025
1 046

Donald Tramp Oq uyda iftorlik tashkil qildi (video)

Donald Tramp Oq uyda iftorlik tashkil qildi (video)
AQSH prezidenti Donald Tramp musulmon jamoasi vakillari va qator musulmon davlatlari diplomatlari uchun Oq uyda iftorlik uyushtirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Bu Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi birinchi marotaba tashkil etilgan iftorligi bo‘ldi. U nutqini “Ramazon oyi muborak bo‘lsin” degan so‘zlar bilan boshladi va 2024 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida AQSHdagi musulmonlarning qo‘llab-quvvatlovi uni xursand qilganini aytdi.

Tramp tadbirda Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Qatar, Livan, Pokiston va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etayotganini ma’lum qildi.

"2024 yilgi prezidentlik saylovlarida meni rekord darajada qo‘llab-quvvatlagan yuz minglab musulmon amerikaliklarga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu aql bovar qilmaydigan holat edi", dedi AQSH prezidenti.

Siyosatchining ta’kidlashicha, Oq uy ma’muriyati musulmon hamjamiyatiga bergan va’dalarini bajarishda davom etmoqda.

"Biz tarixiy Ibrohim kelishuvlariga tayangan holda, Yaqin Sharqda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish uchun diplomatik faoliyat olib bormoqdamiz", dedi u.

Shuningdek, AQSH prezidenti Michigan shtatida istiqomat qilayotgan musulmonlarga alohida minnatdorlik bildirdi.

"Men prezident bo‘lib qolar ekanman, sizlar bilan birga bo‘laman. Sizni qo‘llab-quvvatlayman. Buni bilishingizni istayman", dedi u.

Tramp musulmonlarni muqaddas ramazon oyi boshlanishi bilan ham tabriklagan edi. O‘shanda u o‘z ma’muriyatining “Amerika turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgan diniy erkinlikni himoya qilishga sodiqligini” ta’kidlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo