Tramp Finlandiya prezidentidan Putinga ishonsa bo‘ladimi, deb so‘ragan

1 daqiqa o'qish2K
Tramp Finlandiya prezidentidan Putinga ishonsa bo‘ladimi, deb so‘ragan
Shanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb o‘rtasida Floridada bo‘lib o‘tgan yetti soatlik uchrashuv chog‘ida Amerika rahbari fin hamkasbidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonish mumkinmi, deb so‘radi.

Bu haqda Stubb yakshanba kuni Londonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning so‘zlarini finlarning Yle nashri keltirdi.

Finlandiya prezidenti uchrashuv samarali kechganini ta’kidlab, ikki asosiy masala muhokama qilinganini aytdi: Finlandiya va AQSH o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini.

Stubbning so‘zlariga ko‘ra, u Trampga Finlandiya va butun Yevropaning Ukrainaga qarshi urushdagi qat’iy qo‘llab-quvvatlovini bildirgan. U shuningdek, bu urushda faqat bitta tashabbuskor bo‘lganini ta’kidlagan.

«Tramp mendan Putinga ishonish mumkinmi, deb so‘radi. Men unga yo‘q, deb javob berdim», — dedi Finlandiya rahbari.

Stubbning fikricha, Tramp bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng Finlandiya va AQSH munosabatlari yana bir bosqichga ko‘tarilgan.

«Agar Rossiya Ukrainadagi otashkesimga amal qilmasa yoki unga xilof yursa, AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda», — dedi Stubb Floridaga tashrifidan so‘ng.
Tramp Finlandiya prezidentidan Putinga ishonsa bo‘ladimi, deb so‘ragan
Foto: Yle
Ma’lumotga ko‘ra, shanba kuni Trampning Mar-a-Lago rezidensiyasida o‘tgan uchrashuv paytida ikki davlat rahbarlari, boshqa mavzular qatorida, golf ham o‘ynashgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?