date
views 749

Uitkoff korteji Maskatni tark etdi — Eron va AQSh muzokaralarining birinchi bosqichi yakunlandi

Uitkoff korteji Maskatni tark etdi — Eron va AQSh muzokaralarining birinchi bosqichi yakunlandi
AQSh va Eron delegatsiyalari ishtirokida Ummon poytaxti Maskatda o‘tkazilgan muzokaralar nihoyasiga yetdi. Bu haqda AP agentligiga asoslanib Meduza xabar berdi.

AQSh prezidenti vakili Stiv Uitkoff korteji muzokara joyini tark etgani kuzatildi. Bu — birinchi bosqich yakunlanganidan дарак беради.

Ikkinchi raund 19 aprel kuni o‘tkaziladi

Tasnim agentligiga ko‘ra, muzokaralarning ikkinchi raundi 19 aprel kuni yana Maskatda o‘tkaziladi.

Kimlar qatnashdi?

- Eron delegatsiyasiga — Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy,
- AQSh delegatsiyasiga — Stiv Uitkoff rahbarlik qildi.

Muzokaralar vaqtida tomonlar alohida xonalarda bo‘lgan, axborot Ummon vositachiligi orqali yetkazilgan.

Muzokara mavzusi: sanksiyalar, mahbuslar, yadro nazorati

Ummonlik manbaga ko‘ra, asosiy muhokama mavzulari:
- Mintaqadagi keskinlikni pasaytirish,
- Mahbuslar almashinuvi,
- Eron yadroviy dasturi ustidan nazorat,
- va sanksiyalarni yumshatish бўлган.

Aroqchiy Ummon TIV bilan uchrashdi

Muzokaralar oldidan Aroqchiy Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaydiy bilan uchrashgan ва Tehronning asosiy pozitsiyasини yetkazgan.

Yangi kelishuv bo‘lishi mumkinmi?

Eron avvalroq muvaqqat yadroviy bitimni muhokama qilish taklifini bildirgan эди. Biroq Tehron Tramp ma’muriyati bilan ishonchsizlik ва техник мураккаблик сабабли келишувга шубҳа билан қарамоқда.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo