date
views 688

Putinga qarshi chiqqan shaman yana shifoxonaga o‘tkazilmadi

Putinga qarshi chiqqan shaman yana shifoxonaga o‘tkazilmadi
Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Ussuriy tuman sudi Aleksandr Gabishevni qattiq tartibdagi psixiatriya muassasasidan oddiy shifoxonaga o‘tkazish haqidagi iltimosni uchinchi marta rad etdi.

56 yoshli shaman 2019 yili Yakutistondan Moskvaga piyoda yo‘lga chiqib, “Putindan jin quvaman” degach, qo‘lga olingan. U o‘shandan beri asosan psixiatriya muassasalarida saqlanmoqda.

Advokati Leonid Pryanishnikovga ko‘ra, Gabishevga hayotga xavfli muolajalar qo‘llangan, biroq nodavlat shifokorlar uni ruhiy jihatdan sog‘lom deb topishgan.

Sudga bir nechta shifokor xulosalari taqdim etilgan bo‘lsa-da, ular hisobga olinmagan. Sud 2023 yil dekabr va 2024 yil may oyida ham bunday iltimoslarni rad etgan.

Amnesty International va Memorial tashkilotlari Gabishevni siyosiy mahbus deb tan olgan. Ularning fikricha, u Putinga qarshi fikrlari sabab “davlat dushmaniga” aylantirilган.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo