AQSh O‘zbekistondagi va boshqa grantlarni bekor qildi

1 daqiqa o'qish1.6K
AQSh O‘zbekistondagi va boshqa grantlarni bekor qildi
AQSh Davlat departamenti Moldova, Belarus, Armaniston va O‘zbekiston kabi mamlakatlardagi OAV, xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik sohasidagi 139 ta xorijiy grantni bekor qildi, deb dw.com xabar berdi.

Bekor qilingan grantlarning umumiy summasi 214 million dollarni tashkil etadi. AQSh davlat kotibi Marko Rubio bu qarorni 15-aprel kuni tasdiqlagan va darhol kuchga kirgan.

Dastlabki ko‘rib chiqish fevral oyida boshlangan, so‘ng Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazib, bloklanadigan grantlar soni oshirilgan.

Ko‘pchilik dasturlar AQSh Davlat departamenti tarkibidagi Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi (DRL) tomonidan moliyalashtirilgan. Davlat departamentining ichki hujjatida DEI dasturlari soliq to‘lovchilarning mablag‘larini behuda sarflash va ma’muriyat ustuvor yo‘nalishlariga zid ekani aytilgan.

O‘zbekistondagi "fuqarolik ishtiroki", Moldovadagi "OAV barqarorligi", Belarusdagi "dezinformatsiyaga qarshi kurash", Armanistondagi "ekologik barqarorlik" kabi loyihalar endilikda moliyalanmaydi. Shuningdek, Britaniyadagi "media xilma-xilligi" bo‘yicha grantlar ham bekor qilindi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?