
Turkiya musiqasi dunyosida qayg‘uli xabar. Yulduz xonanda Tarkanning onasi — Neshe Tevetog‘lu Antaliyadagi shifoxonalardan birida yurak xuruji sababli vafot etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u vaqtda Tarkan Yevropadagi konsert turi doirasida Germaniyada bo‘lgan. Onasining vafoti haqidagi xabardan so‘ng, u darhol Istanbulga yo‘l olgan. Dafn marosimi payshanba kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Og‘ir yillar ortida — yana bir sinov
Tarkanning onasi o‘tgan yili Istanbulda qon aylanishi muammosi sababli shoshilinch jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan edi. Shu vaqtdan beri u tiklanish jarayonida bo‘lib kelayotgandi. Ammo so‘nggi oylarda sog‘lig‘i yana yomonlashib, oyoqlaridagi qiyinchiliklar tufayli klinikada kuzatuv ostida qolgan edi.
Mashhur xonanda va uning oilasi uchun bu og‘ir sinov bo‘lmoqda. Muxlislar esa ijtimoiy tarmoqlarda Tarkanga hamdardlik va qo‘llab-quvvatlov bildirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar