date
views 498

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik quriladi

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik quriladi
Xitoyning Guychjou provinsiyasida dunyodagi eng baland ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda. Beypan daryosi uzra joylashgan Huajiang Grand Canyon ko‘prigi daryo sathidan 625 metr balandlikda bo‘lib, 2025 yilning ikkinchi yarmida ochilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Oddity Central xabar bermoqda.

2022 yil yanvar oyida boshlangan qurilish ishlari hozirgacha 95 foizga bajarilgan. Guizhou Highway Group bosh muhandisi Chjan Shenglinning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ko‘prik Xitoy infratuzilmasining qudratini yana bir bor butun dunyoga namoyish etadi.

Loyiha tufayli Beypan daryosi vodiysining eng chuqur qismidagi ikki qirg‘oq o‘zaro bog‘lanib, yo‘l vaqti bir soatdan bir daqiqaga qisqaradi.

Ko‘prik nafaqat transport, balki sayyohlik uchun ham muhim manzilga aylanishi kutilmoqda. Uning minoralaridan birida panoramali manzarani tomosha qilish uchun shisha lift, kafe hamda yulduzlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan maxsus bar bo‘ladi.

Sarguzasht ishqibozlari uchun ko‘prikda shaffof shisha polli kuzatuv maydonchasi hamda dunyodagi eng baland sakrash joyi ham joylashtiriladi.

Ma’lumot uchun, Guychjou provinsiyasi allaqachon jahondagi 100 ta eng baland ko‘prikning yarmidan ziyodini o‘zida jamlagan.

Siz nima deb o‘ylaysiz: transport va turizm birlashgan bunday mega-inshootlardan O‘zbekistonda ham bo‘lishi mumkinmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik quriladi