
Kongo Demokratik Respublikasining shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan kema halokati va yong‘in natijasida kamida 148 kishi halok bo‘ldi. Yana 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, 16 aprel kuni 500 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan HB Kongolo kemasida oshxonada boshlangan yong‘in sababli fojia yuz bergan. Kema Matankum portidan Bolomba shahriga qarab Kongo daryosi bo‘ylab harakatlanayotgan edi.
Fojia natijasida omon qolganlarning ko‘pchiligi og‘ir kuyish jarohatlari olgan. Hozirda Kongo hukumati va Qizil Xoch tashkiloti bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlarini olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar