2024 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar ma’lum qilindi

1 daqiqa o'qish2.3K
2024 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar ma’lum qilindi
Dunyoning eng yuqori daromad ko‘rsatgan 100 nafar sportchisi 2024 yil davomida maosh, mukofot va reklama shartnomalari orqali rekord darajadagi 6,2 milliard dollar ishlab topdi. Bu sport tarixi uchun ham misli ko‘rilmagan natija.

Bir yillik daromadda Krishtianu va Karri yetakchi
2024 yilda eng ko‘p maosh olgan sportchi — Krishtianu Ronaldu. Uning jami daromadi 260 million dollarni tashkil etdi. Uning ortidan esa NBA yulduzi Stefen Karri kelmoqda — 154 million dollar bilan.

Biroq, eng katta voqea hozir ringda yoki maydonda emas, balki ta’rixda qayd etildi.

Maykl Jordan — maydondan tashqaridagi mutlaq chempion
Basketbol afsonasi Maykl Jordan, faoliyatini tugatganiga 20 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, 2024 yilda 300 million dollar daromad orttirdi. Uning asosiy manbai — sport kiyimlari va poyabzal brendi orqali olinadigan to‘lovlar.

🔹 Uning umumiy daromadi 1984 yildan buyon 3 milliard dollar, inflyatsiyani hisobga olganda — 4,15 milliard dollarga yetadi.
🔹 Bu unga Sportico portali tomonidan tuzilgan “Barcha davrlarning eng boy sportchilari” ro‘yxatida 1-o‘rinni olish imkonini berdi.

Qolgan yetakchilar kimlar?
2024 yilda eng ko‘p daromad olgan sportchilar ma’lum qilindi
Eng badavlat 50lik: qaysi sport turlari vakillari ustun?
- 13 basketbolchi,
- 8 golfchi,
- 7 bokschi va poygachi,
- 5 tennischi,
- 4 futbolchi,
- 2 beysbolchi.

Ulardan 18 nafari hali ham professional sportda, qolganlari esa nafaqaga chiqqan bo‘lsa-da, brend va faol tijorat faoliyati orqali katta daromad topmoqda.

Ayollar orasida faqat bir nom — Serena Uilyams
Top-50likdagi yagona ayol sportchi — tennis afsonasi Serena Uilyams. U:
- $485 million (real qiymat),
- $660 million (inflyatsiyadan so‘ng) jamg‘argan.

Bu natija uni tennis dunyosidagi eng taniqli va daromadli ayolga aylantiradi.

Siz nima deb o‘ylaysiz — 2025 yilda qaysi sportchi ro‘yxatda yuqoriga ko‘tarilishi mumkin? Messi va Ronaldudan keyin futbolda kimlar pul mashinasiga aylanadi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?