date
views 209

Istanbulda zilzila vaqtida o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi

Istanbulda zilzila vaqtida o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi
2024 yilning 23 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi yurak yetishmovchiligi sababli hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi rasmiy xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fojia Istanbul shahrida sodir bo‘lgan kuchli zilzila paytida yuqori qavatda bo‘lgan vatandoshimizda kuchli qo‘rquv va stress holati kelib chiqishi natijasida yuz bergan.

Ayni vaqtda Bosh konsulxona marhumning jasadini O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha barcha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni Istanbulda bir necha marta kuchli yer silkinishlari sodir bo‘ldi. Ularning eng kuchlisi magnitudasi 6,2 ballga teng bo‘lgan. Ilk zilzila soat 12:13 da kuzatilib, uning magnitudasi 3,9 ballni tashkil qilgan. Har ikki zilzilaning epimarkazi ham Istanbul shahridan taxminan 50 kilometr g‘arbda, Marmar dengizi sohilidagi Silivri shahri yaqinida joylashgan.

Istanbul gubernatorligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila vaqtida 151 kishi jarohatlangan. Ularning aksariyati kuchli vahima ta’sirida o‘zlarini yuqori qavatlardan tashlab, turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda zilzila vaqtida o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi