
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi va mamlakatning sobiq bosh vaziri Karim Masimovga tegishli bo‘lgan Ostonadagi hashamatli uy ijtimoiy ehtiyojlar uchun musodara qilindi. Bu haqda Qozog‘istonga qaytarilgan aktivlarni boshqaruv kompaniyasi rasman ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Ostona shahar ma’muriyati mazkur mulkni ijtimoiy maqsadlarda ishlatish uchun rasmiy murojaat bilan chiqdi. Boshqaruv kompaniyasi murojaatning ahamiyatini va amaldagi qonunchilik talablarini hisobga olgan holda, ushbu ko‘chmas mulkni elektron auksion savdosidan chiqarganini e’lon qildi. Endi mazkur obyekt shahar aholisining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Masimovning ushbu ko‘chmas mulki avval ham bir necha bor kimoshdi savdosiga qo‘yilgan, biroq xaridor topilmagan edi. Avvaliga uning uyi 1,8 milliard tengega baholangan bo‘lsa, oxirgi marta bu ko‘rsatkich 1,6 milliard tengegacha pasaytirilgandi. Biroq, ushbu miqdorda ham xaridor chiqmaganidan so‘ng davlat mulkni ijtimoiy ehtiyojlar uchun o‘zida qoldirishga qaror qildi.
Karim Masimov 2023 yil aprel oyida davlatga xiyonat va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilgan va unga 18 yillik qamoq jazosi tayinlangan edi. Shuningdek, uning barcha mol-mulki musodara qilinib, davlat xizmatida ishlash huquqidan umrbod mahrum etilgan.
Masimov 1965 yilda tug‘ilgan, general-leytenant unvoniga ega bo‘lib, 2007-2012 va 2014-2016 yillarda Qozog‘iston bosh vaziri, 2012-2014 yillarda esa prezident administratsiyasining rahbari lavozimlarida ishlagan. 2016 yildan boshlab esa u Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelgan.
U 2022 yilning yanvar oyida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar sababli qo‘lga olingan va uning uyidan 17,2 million AQSH dollari naqd pul, ko‘plab tilla buyumlari, qimmatbaho soatlar va boshqa qimmatli ashyolar olib qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
O'zbekiston yangiliklari Qozog‘iston MilliyKarim MasimovOstona HashamatliIjtimoiy EhtiyojlarDavlat MulkBosh Vazir Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar