Rossiyada migrantlar uchun pensiyani bekor qilish taklif qilindi

1 daqiqa o'qish1.2K
Rossiyada migrantlar uchun pensiyani bekor qilish taklif qilindi
Rossiyada migrantlar uchun qarilik bo‘yicha ijtimoiy pensiya tayinlashni bekor qilish taklif qilindi, deb Nova24.uz RIA Novostiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tashabbus LDPR partiyasi deputatlari, xususan partiya yetakchisi Leonid Slutskiy boshchiligida ilgari surilgan. Qonun loyihasida xorijiy fuqarolarga ijtimoiy pensiya va unga qo‘shimcha to‘lovlarni to‘xtatish taklif etilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Rossiyada doimiy yashaydigan va kamida 15 yil yashagan, yashash guvohnomasiga ega, erkaklar uchun 70 yosh, ayollar uchun esa 65 yoshga yetgan xorijliklar pensiya olish huquqiga ega. Bundan tashqari, federal va mintaqaviy qo‘shimcha to‘lovlar ham mavjud.

Deputatlar Rossiyani ko‘plab xorijliklar uchun aynan pensiya olish imkoniyati sababli jozibador mamlakat deb hisoblashmoqda. Ayni vaqtda, o‘rtacha tayinlangan pensiya Rossiyadagi o‘rtacha oylik ish haqining atigi 28 foizini tashkil etadi, bu esa pensiya darajasining nihoyatda pastligini ko‘rsatadi.

Loyiha mualliflari ushbu chorani pensiya tizimini asossiz ijtimoiy majburiyatlardan himoya qilish, byudjet yukini kamaytirish hamda “Pensiya — davlat hayotida ishtirok etish natijasi, oddiy yashash emas” tamoyiliga ishonchni tiklash yo‘lidagi qadam deb hisoblaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?