Yangi Zelandiyadagi zilzila sababli okean tubining bir qismi quruqlikka aylanib qoldi. Ba’zi joylarda sohil chizig‘i 5,5 metrga ko‘tarilgan, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Yangi Zelandiyadagi zilzilalar 13 noyabrda boshlanib, bir kun davom etgan va katta hududni qamrab olgan. Zilzila markazi Kraystcherch shahridan shimoli-sharqiy tomonda bo‘lgan, 7, 8 magnitudali eng kuchli zilzila esa 180 km uzoqlikda, Kaikour shahrida qayd qilingan.
Zilzila oqibatlaridan biri Kaikour yaqinidagi tektonik plitalarning jiddiy surilishi bo‘ldi: okean tubining katta qismi quruqlikka aylanib, Papatea ko‘rfazining bir qismini okeandan ajratib qo‘ydi. O‘rta miqdorda sohil chizig‘i 2 metrga ko‘tarilgan, biroq ba’zi joylar 5 metr balandlikka etadi, chunki plita vertikal emas, balki burchak ostida ko‘tarilgan. Birdan quruqlikka aylangan okean tubida suv o‘tlari, o‘lgan baliqlar va krablar qolgan.
Kraystcherch hududidagi avvalgi zilzila Yangi Zelandiyaning butun tarixidagi eng kuchlilaridan biri hisoblanadi: o‘shanda 185 kishi halok bo‘lgandi. Joriy zilzilalar esa undan ham kuchli bo‘ldi, biroq zilzila markazi kimsasiz joyda bo‘lgani sababli qurbonlar soni ancha kam bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, zilzila oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va bir necha o‘n kishi jarohat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi