date

Bryussel metrosida jasad topildi — ikki liniya yopildi

Bryussel metrosida jasad topildi — ikki liniya yopildi
Bryusselda yuzaga kelgan noxush holat metro qatnovini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Poytaxt transport operatori STIB/MIVB ma’lum qilishicha, "Porte des Halles" va "Hôtel de Monnaie" bekatlari orasidagi tunnelda bir erkakning jasadi aniqlangan.

Hodisa oqibatida 2 va 6-metro liniyalari qatnovi tig‘iz vaqtda to‘xtatildi. Bu holat soat 13:00 dan boshlab amalga kirgan va tergov yakunlanguniga qadar davom etishi aytiladi.

"Tron" va "Bryussel-Midi" bekatlari orasidagi qatnov ham vaqtincha bekor qilingan. Vafot etgan shaxsning shaxsiyati va uning qanday qilib metro tunneliga tushib qolgani hozircha aniq emas.

Mahalliy hokimiyat fuqarolarga yer usti transporti, ayniqsa tramvaylardan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Tergov ishlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bryussel metrosida jasad topildi — ikki liniya yopildi