
Buyuk Britaniyaning Raqobat va bozorlarga oid boshqarmasi (CMA) Apple va Google kompaniyalarini mobil ekotizimdagi ustun mavqei uchun "strategik bozor maqomi" bilan belgilashni rejalashtirmoqda. Bu maqom kompaniyalarga nisbatan qattiqroq tartibga solish choralarini qo‘llashga imkon beradi.
CMA o‘tkazgan tekshiruvlarga ko‘ra, mobil internet brauzerlari bozori – xususan, Apple’ning Safari va Google’ning Chrome brauzerlari – foydalanuvchilar hamda ishlab chiquvchilar uchun yetarlicha raqobat muhitini ta’minlamayapti. Regulyatorga ko‘ra, mavjud sharoit yangi innovatsiyalar va tanlov imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
CMA rahbari Sara Kardellning ta’kidlashicha, bu sohalardagi o‘zgarishlar Britaniya iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lib, mahalliy ilova ishlab chiquvchilarni global innovatsiyalar markazida saqlab qolish imkonini beradi.
Apple va Google esa ushbu takliflarga qarshi chiqmoqda. Google bu qadamni "nojoiz va asossiz" deb atagan bo‘lsa, Apple yangi qoidalar foydalanuvchilarning maxfiylik va xavfsizlik huquqlarini zaiflashtirishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Yakuniy qaror 2025-yil 22-oktabrga qadar qabul qilinadi. Regulyator shu bilan birga, kelajakda yana qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi mumkinligi haqida ham yo‘l xaritasini e’lon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar