Jahon siyosiy maydonida yangi bahs — AQSH prezidenti Donald Tramp Braziliya fuqarolari uchun vizalarni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi cnnbrasil.com. Ayni xabarga ko‘ra, ushbu cheklov 2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida ham kuchda bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Ma’lumotlarga qaraganda, AQSH rasmiylari ushbu qaror orqali Braziliyadagi jamoatchilik kayfiyatini mamlakat rahbariyatiga qarshi burishni maqsad qilgan. Bu esa, dunyoning eng yirik futbol voqealaridan biri bo‘lgan chempionat vaqtida Braziliya terma jamoasi va uning ishqibozlari uchun jiddiy to‘siqlar yaratishi mumkin.
2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada hududlarida bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqaga dunyoning turli burchaklaridan millionlab futbol ixlosmandlari tashrif buyurishi kutilmoqda. Shu paytda Braziliyadan keluvchi muxlislar uchun vizalar masalasidagi cheklovlar katta muhokamaga sabab bo‘ldi.
Tahlilchilar ta’kidlashicha, bu kabi siyosiy qarorlar xalqaro sport tadbirlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi va futbol muhitini ham o‘zgartirishi mumkin. Futbolchilar va ishqibozlar esa o‘z jamoasiga qo‘llab-quvvatlash berish uchun barcha to‘siqlarga qaramay safar qilishni rejalashtirmoqda.
Kelgusi hafta va oylarda AQSH hukumati bu masalada qanday qarorga kelishi, shuningdek, Braziliya tomonining qanday javob qaytarishi katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. Muxlislar esa, 2026 yilgi Jahon chempionatida barcha jamoalar va ishqibozlar uchun teng imkoniyatlar yaratilishiga umid qilishmoqda.
Tramp braziliyaliklarning JCH-2026ga kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar