
Xitoyning Shanxay shahrida juda g‘ayrioddiy voqea sodir bo‘ldi: inson emas, balki robot doktorlik dasturi bo‘yicha teatr va kino yo‘nalishida tahsil oladigan talabalar qatoriga qo‘shildi. Uning nomi — Xueba 01, ya’ni «A’lochi» (xitoy tilidan tarjima qilinganda). Bu haqda Peopletalk nashri xabar berdi.
Xueba 01 — 175 sm bo‘yiga ega, 30 kg og‘irlikdagi sun’iy intellektga asoslangan robot bo‘lib, insonlar bilan muloqot qilish, yuz ifodalari va hissiyotlarni namoyon etish qobiliyatiga ega. Uning ishlab chiqilishida Shanxay fan va texnologiyalar universiteti hamda DroidUp Robotics kompaniyasi ishtirok etgan.
Eng qizig‘i shundaki, robot kelasi to‘rt yil mobaynida teatr san’ati, aktyorlik mahorati va dramaturgiya asoslarini o‘rganadi. Shuningdek, u ssenariylar yozish hamda inson aktyorlar bilan ijodiy hamkorlik qilishni maqsad qilgan.
Xueba 01'ning ilmiy rahbari sifatida professor Yan Sinsin tayinlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha inson va mashina o‘rtasidagi oddiy hamkorlik emas, balki turli turdagi jonzotlar o‘rtasidagi estetik muloqot sifatida ko‘riladi.
«Xueba 01 o‘z kursdoshlari bilan muloqoti bu shunchaki robot va inson uchrashuvi emas, balki san’atning yangi shaklidagi mulohaza va hissiy almashinuvdir», – dedi professor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!