Fransiyaning mashhur Balenciaga moda uyi navbatdagi noodatiy mahsulotini taqdim etdi — bahosi 995 dollar (taxminan 79 ming rubl) bo‘lgan Marché Packable nomli erkaklar sumkasi. Yangi aksessuar brendning rasmiy saytida namoyish etildi, deb yozmoqda Pravilamag.
Sumka tashqi ko‘rinishi bilan g‘ijimlangan ko‘k paketni eslatadi. U ishqalanish va kiyilishga chidamli poliamid materialidan tayyorlangan bo‘lib, yaratuvchilarning ta’kidlashicha, 10 kilogramgacha og‘irlikni ko‘tara oladi. Mahsulot dizaynida brend logotipi va Parijdagi Balenciaga do‘konlarining manzillari aks etgan.
Balenciaga so‘nggi yillarda turli bahs va kulguga sabab bo‘lgan noan’anaviy mahsulotlari bilan internet foydalanuvchilari e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar