Rossiya Federatsiyasining prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Moskvada uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP) agentligi manbalariga tayanib xabar tarqatmoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Putinning bu taklifi AQSH prezidenti Donald Tramp bilan 18 avgust kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida bildirilgan. Muzokaraning mazmuniga ko‘ra, Tramp, Zelenskiy va Yevropa davlatlari rahbarlarining Oq uydagi uchrashuvi davomida Putin bilan uchrashuvning o‘tkazilishi masalasi muhokama qilingan.
AFP manbalariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Zelenskiy mazkur taklifni rad etgan. Uning fikricha, Moskvada uchrashuv o‘tkazishning imkonsizligi haqida aniq qaror qabul qilingan.
Shuningdek, Donald Tramp Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish va Putin bilan qo‘ng‘iroq orqali ularning uchrashuvini tashkillashtirish uchun tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uchrashuvning Jenevada bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Xalqaro jinoiy sudning a’zosi bo‘lgan Shveysariya hukumati esa Putinga safar davomida daxlsizlik berishga tayyorligini rasman e’lon qildi. Shveysariya tashqi ishlar vaziri Inyatsio Kassisning bildirishicha, "muayyan sharoitlarda" Putinga Shveysariyaga tashrif buyurishga ruxsat beriladi. Uning tushuntirishicha, o‘tgan yilda Shveysariya hukumati xalqaro hibsga olish orderi ostida bo‘lgan shaxslarga immunitet berish qoidalarini belgilangan.
G‘arb nashrlarida uchrashuvning o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan boshqa joylar qatorida Rim va Budapesht shaharlari ham tilga olinmoqda.
Rossiya tomoni Putinning Ukraina prezidenti bilan uchrashuvga rozilik bildirganini rasman tasdiqlamagan. Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov faqatgina Putin va Tramp o‘rtasida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralarning darajasini oshirish g‘oyasi muhokama qilinganini aytib o‘tgan.
Putin Ukraina prezidenti bilan Moskvada uchrashishni taklif qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar