date

Bernar Arno Italiyadagi Leonardo villasiga ko‘chishi mumkin

Bernar Arno Italiyadagi Leonardo villasiga ko‘chishi mumkin

Dunyodagi eng boy shaxslardan biri, LVMH konserni rahbari Bernar Arno Italiyada joylashgan tarixiy Atellani saroyini shaxsiy qarorgohga aylantirish niyatida ekani haqida Peopletalk nashri xabar berdi.

Hozirda “Leonardo uzumzori” bilan mashhur bo‘lgan ushbu qadimiy qasr 1,3 million yevro evaziga to‘liq restavratsiya qilinmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Arno uni faqat shaxsiy uy emas, balki ehtimoliy soliq rezidensiyasi sifatida ham ishlatishi mumkin.

Milan markazidagi ushbu saroy Uyg‘onish davri me’morchiligining nodir namunasidan hisoblanadi. XV asrda Ludoviko il Moro tomonidan Jakomo da Attellanoga sovg‘a qilingan bu inshoot 1498 yilda Leonardo da Vinchi tomonidan taqdim etilgan uzumzor bilan yanada mashhur bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushida vayron bo‘lgan “Leonardo uzumzori” 2015 yilda tarixiy Malvaziya navlari asosida qayta tiklangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bernar Arno Italiyadagi Leonardo villasiga ko‘chishi mumkin