Rossiya konida o‘zbekistonlik ishchi hayotdan ko‘z yumdi

1 daqiqa o'qish456
Rossiya konida o‘zbekistonlik ishchi hayotdan ko‘z yumdi

Rossiyaning Krasnoyarsk viloyati Kuraginskiy tumanidagi “Artyomovskiy rudnik” konida 26 avgust kuni halokatli voqea sodir bo‘ldi. Viloyat prokuraturasi xabar berishicha, 30 yoshli o‘zbekistonlik erkak tog‘ massasi bosib qolishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum O‘zbekiston fuqarosi mehnat patenti asosida qimmatbaho metallar qazib olish bilan shug‘ullanuvchi “Artyomovskiy rudnik”da burg‘ulash ishlarini olib borgan. Ushbu ishlar tog‘ jinslarini keyinchalik mustahkamlash uchun amalga oshirilgan. Shu paytda, noma’lum sabablar tufayli tog‘ qismi kenglikdan qulab tushgan va ishchi jinslar ostida qolib ketgan. Olgan jarohatlari oqibatida u voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa yuz bergan vaqtda kon odatdagi rejimda faoliyat olib borgan va yer ostida jami 48 kishi bo‘lgan. Boshqa ishchilarga hech qanday jarohat yetmagan. Hozirda halokat sodir bo‘lgan hududda xavfsizlik postlari o‘rnatilgan, barcha harakatlar nazorat ostida.

Rossiya konida o‘zbekistonlik ishchi hayotdan ko‘z yumdi

Krasnoyarsk viloyati prokuraturasi ish beruvchiga nisbatan mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi. Bu jarayonda viloyat mehnat inspeksiyasi hamda Rostexnazorat mutaxassislari jalb qilingan. Shu bilan birga, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Artyomovskiy rudnik” qimmatbaho metallarni qazib olishga ixtisoslashgan bo‘lib, unda ishchi xavfsizligi va texnika qoidalariga qat’iy rioya etilishi talab qilinadi. Bu foҷiali voqea nafaqat oilasi uchun og‘ir zarba bo‘ldi, balki mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi masalalarida e’tiborni yanada oshirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?