Yevropadagi o‘rmon yong‘inlari 1 million gektarga yetdi

1 daqiqa o'qish262
Yevropadagi o‘rmon yong‘inlari 1 million gektarga yetdi

2025 yil Yevropa uchun tarixdagi eng dahshatli o‘rmon yong‘inlari mavsumi sifatida yodda qolmoqda. Yil boshidan buyon Ittifoq hududida qariyb 1 million gektardan ortiq o‘rmonlar alangaga berilib, tabiat va ekologik tizimlar katta zarar ko‘rdi. Bu haqida statistik ma’lumotlarga tayanib, “Euronews” xabar berdi.

Mavsum hozirgacha Yevropa uchun rekord darajada bo‘lib, yong‘inlar hududi o‘tgan yilga nisbatan to‘rt baravarga oshdi. Mutaxassislar bu zararlangan maydonni deyarli Korsika oroli hududi bilan tenglashtirmoqda. Shu yilda Yevropa o‘rmonlarida 1800 dan ortiq yong‘in qayd etildi va atmosferaga 38 million tonna karbonat angidrid chiqarildi.

Yevropa Ittifoqi joylashgan 27 davlat orasida faqat Chexiya, Estoniya, Litva, Luksemburg va Malta yonginlarning zarariga uchramadi. Eng ko‘p yong‘inlar Italiya va Ruminiyada ro‘y berdi: har ikki mamlakatda umumiy 450 dan ortiq holat aniqlandi.

Shu bilan birga, Ispaniya va Portugaliyada yirik ekologik yo‘qotishlar kuzatildi. Ispaniyada 400 ming gektardan ortiq, Portugaliyada esa 260 ming gektardan ziyod maydon yonib, kulga aylangan. Bu Portugaliya hududining qariyb 3 foizini tashkil qiladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yong‘inlarning asosiy sabablari qatorida ekstremal issiq va uzoq davom etgan qurg‘oqchilik turibdi. Iqlim o‘zgarishi va yuqori harorat olovning tez tarqalishi uchun qulay muhit yaratadi. Kichik bir uchqun ham katta alangaga aylanishi mumkin, bu esa inson va tabiat uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Yong‘inlarning oldini olish uchun olimlar va ekologlar butalarni muntazam tozalash, quruq va o‘limga yuz tutgan o‘simliklarni yo‘q qilish hamda chorva boqish amaliyotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, yong‘in o‘chirilgandan keyin ham uning asoratlari salomatlikka xavf tug‘dirishini unutmaslik lozim.

“Tutun va nafas olish bilan bog‘liq kasalliklar inson organizmiga xavf solishda davom etadi”, deydi sohadagi mutaxassislar.

Shu tariqa, 2025 yil Yevropa uchun o‘rmon yong‘inlari soni va zarar ko‘rgan hududi bo‘yicha rekord yili sifatida qayd etildi, holbuki mavsum hali tugagani yo‘q. Tabiat va aholi uchun xavf hali ham saqlanib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?