AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putindan juda ko‘ngli qolganini ochiq bayon etdi.
«Men Putindan qattiq ranjidim. Hech qanday manfaatsiz davom etayotgan urushda minglab insonlar hayotdan ko‘z yummoqda. Agar men prezident lavozimida bo‘lganimda, bu to‘qnashuv umuman boshlanmasdi», — dedi Amerika yetakchisi siyosatshunos Skott Jennings bilan telefon orqali suhbatda.
Tramp qo‘shimcha qilib, AQSH insonlar hayotini asrab qolish uchun albatta chora ko‘rishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har hafta kamida yetti ming odam halok bo‘lmoqda, ularning asosiy qismi — askarlar.
«Men buni to‘xtatishga yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lsam, bundan chetda tura olmayman. O‘ylaymanki, bu ishni amalga oshirishga burchliman», — dedi AQSH prezidenti.
Shu tariqa, Tramp yana bir bor Rossiya–Ukraina urushi yuzasidan keskin bayonot berdi va agar urush boshlanmasdan davlat rahbari bo‘lganida, vaziyat butunlay boshqacha bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!