AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilishini ma’lum qildi.
Bu haqda u Oq uyda Polsha prezidenti Karol Navroski bilan bo‘lgan uchrashuvi davomida to‘xtalib o‘tdi.
“Men Putin bilan tez fursatda suhbatlashaman va nima qilishimiz kerakligini aniq bilib olaman. Biz allaqachon qattiq choralar ko‘rdik, sizga ma’lum. Ammo yaqin kunlarda u bilan gaplashib, barcha narsani oydinlashtiraman. Men vaziyatni to‘liq anglab olaman”, — dedi Tramp.
Shuningdek, Amerika yetakchisi avval Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni “oson hal etiladigan masala” sifatida baholaganini eslatdi. Biroq u vaziyat kutilgandek sodda emasligi va ancha murakkab bo‘lib chiqqanini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar