Dunyodagi istalgan davlat Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar uchun maydon bo‘lishi mumkin. Biroq bu jarayonda Ukraina tomoni mutlaqo rozi bo‘lmaydigan uchta mamlakat mavjud.
Ukraina prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Novini.LIVE nashriga bergan eksklyuziv intervyusida bu haqda ochiqcha so‘zladi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya, Belarus va Vengriya hech qanday holatda bunday sammitga mezbonlik qila olmaydi. Chunki bu davlatlardagi uchrashuv Ukraina uchun salbiy ma’noga ega bo‘ladi va hech qanday manfaat keltirmaydi.
«Aslida eng asosiysi — muzokaralar o‘tadigan joy emas. Meni fikrimcha, dunyoning har qanday davlati bunday uchrashuvga qarshi chiqmaydi. Muzokaraning ikki tomonlama yoki uch tomonlama bo‘lishi qat’iy talab sifatida qo‘yilmagan. Biroq Moskva, Minsk yoki Budapeshtda bunday takliflar aytilsa, ularni jiddiy qabul qilishning hojati yo‘q», — deya ta’kidladi Podolyak.
Shu bilan birga, Ukraina uchun asosiy masala — sammitning qaysi mamlakatda bo‘lishi emas, balki uning natijasi va u qanday sharoitlarda o‘tishi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!