Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga yo‘l olmasligini ochiq ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi takliflar vaqtni cho‘zishdan boshqa narsa emas va Kreml asociy maqsadda Qo‘shma Shtatlar bilan siyosiy «o‘yin» o‘ynamoqda.
ABC News telekanaliga bergan intervyusida Zelenskiy bu haqda to‘xtalib: «Har kuni mamlakatimizga raketalar yog‘ilayotgan, shahar va qishloqlar hujumga uchrayotgan bir paytda men Moskvaga borolmayman. Terrorchilik markaziga aylangan poytaxtga yo‘l olishim mumkin emas», – dedi.
Ukraina rahbari so‘zlariga ko‘ra, Putin bu holatni yaxshi anglab turibdi. Shu bilan birga, Zelenskiy unga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilib, muzokaralar bo‘lishi uchun uni Kiyevga taklif etdi.
Eslatib o‘tamiz, Putin Xitoy safari yakunidagi matbuot anjumanida Zelenskiy bilan uchrashuv imkoniyatini istisno etmagan. U «agar Ukraina prezidenti rozi bo‘lsa, Moskvada muzokaralar uchun kutib olamiz», degan edi.
Muzokaralar masalasi yanada dolzarb bo‘lib borarkan, Zelenskiyning qat’iy pozitsiyasi Ukraina jamoatchiligi va xalqaro maydonda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!