Dunyoda qancha ruhiy kasallar borligi ochiqlandi

2 daqiqa o'qish652
Dunyoda qancha ruhiy kasallar borligi ochiqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) e’lon qilgan so‘nggi hisobot butun insoniyatni o‘ylantiradigan holatni ochib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq inson turli darajadagi ruhiy salomatlik muammolari bilan yashamoqda. Bu raqam nafaqat tahlikali, balki butun insoniyat salomatligi uchun katta xavf zanjirini yaratadi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 2021 yilning o‘zida 15 yoshdan yuqori 400 million kishi spirtli ichimlikka bog‘liq buzilishlardan aziyat chekkan. Bir yil o‘tib, 2022 yilda esa 64 milliondan ziyod inson giyohvand moddalar iste’moli oqibatida ruhiy buzilishlarga duch kelgan. Shuningdek, qariyb 57 million kishi demensiya bilan, 24 milliondan ziyod inson esa epilepsiya bilan kurashgan.

Eng ko‘p tarqalgan kasallik turlari orasida xavotir va tushkunlik alohida ajralib turadi. JSST ta’kidlashicha, ular barcha psixik buzilishlarning uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Eng qizig‘i, bu holat ko‘pincha 20–29 yosh oralig‘idagi yoshlar orasida ko‘p uchraydi. Ya’ni eng faol va kuchli bo‘lishi kerak bo‘lgan avlod aynan mana shu kasalliklar bilan yuzma-yuz kelmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, 2011 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda ruhiy kasalliklar bilan og‘riganlar soni dunyo aholisi o‘sish sur’atidan ham tezroq ko‘paygan. Bu esa global darajada vaziyat tobora og‘irlashib borayotganini anglatadi.

JSST o‘z joniga qasd qilish holatini esa ayni paytda yoshlar orasidagi o‘limning asosiy sababi sifatida ko‘rsatmoqda. Faqat 2021 yilning o‘zida 727 mingdan ortiq odam hayotini o‘z qo‘li bilan yo‘qotgan. Mavjud choralarga qaramay, tashkilot taxminlariga ko‘ra, 2030 yilga qadar bu ko‘rsatkich faqat 12 foizga kamayishi mumkin.

Bunday ko‘lamli ruhiy buzilishlar nafaqat salomatlikka, balki iqtisodiyotga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. JSST hisobicha, har yili aynan shu sababli 12 milliard ish kuni yo‘qotiladi. Bu esa jahon iqtisodiyotiga yiliga taxminan 1 trillion dollar zarar keltirmoqda.

Eng alamlisi, tushkunlikdan aziyat chekayotganlarning atigi 9 foizi samarali davolanmoqda, psixozga chalinganlarning esa 71 foizi umuman tibbiy yordamdan mahrum. Bu esa muammoning yanada chuqurlashishiga va insonlar hayotida ortiqcha qiyinchiliklar yuzaga kelishiga olib kelmoqda.

Shu bois mutaxassislar davlatlar va jamiyatlarni ruhiy salomatlik masalasiga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirmoqda. Chunki bu muammo kelajakda insoniyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?