Hindistonda chiqindilar evaziga ovqat olish tizimi kengaymoqda

2 daqiqa o'qish776
Hindistonda chiqindilar evaziga ovqat olish tizimi kengaymoqda

Hindistonda yo‘lga qo‘yilgan noodatiy loyiha – “Garbage cafe” yoki “Chiqindi kafe” tajribasi mahalliy aholi hayoti va shahar muhitini keskin o‘zgartirmoqda. Ambikapur shahrida ochilgan mazkur kafe xo‘randalardan pul talab qilmaydi: ular olib kelgan plastik chiqindilar evaziga to‘liq ovqat yoki nonushta oladi. Bu tashabbus nafaqat shaharni plastikdan tozalashga, balki kam ta’minlangan aholini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatli.

Qoidalar juda oddiy: bir kilogramm plastik topshirgan kishi guruch, sabzavot, karri, dal, roti, salat va tuzlamadan iborat to‘liq tushlikka ega bo‘ladi. Yarim kilogramm plastik evaziga esa nonushta taqdim etiladi. Mazkur tizim aholi uchun nafaqat bepul taom manbai, balki chiqindilarni yig‘ishga qo‘shimcha rag‘bat bo‘lmoqda.

Ambikapurda 2019 yilda yo‘lga qo‘yilgan “chiqindi kafe” shahar hokimiyati tomonidan moliyalashtiriladi. Shundan beri qariyb 23 tonna plastik yig‘ilgan va samarali qayta ishlangan. Agar 2019 yilda shaharda yiliga 5,4 tonna plastik poligonga yuborilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich 2 tonnagacha tushgan. Natijada Ambikapur Hindistonning eng toza shaharlaridan biri sifatida tilga olina boshladi. Hatto 16 gektarlik chiqindi poligoni yopilib, uning o‘rnida park barpo etildi.

Hindistonda chiqindilar evaziga ovqat olish tizimi kengaymoqda

Kafe tashabbusi bilan bir qatorda shaharda har kuni 480 nafar ayol eshikma-eshik yurib chiqindilarni yig‘adi va oyiga 8–10 ming rupiy maosh oladi. Bundan tashqari, 20 ta maxsus markazda chiqindilar 60 turga ajratilib saralanadi. Plastik yo‘l qurilishi yoki qayta ishlovchi zavodlarga yo‘naltiriladi, nam chiqindilar kompost qilinadi, qolgan qismi esa sement zavodlarida yoqilg‘i sifatida foydalaniladi.

Ambikapur tajribasi boshqa shaharlarda ham tatbiq etilmoqda. Masalan, G‘arbiy Bengaldagi Siliguri shahrida plastik evaziga taom, Telanganadagi Mulugu shahrida 1 kg plastikka 1 kg guruch, Karnatakaning Mysuru shahrida esa 500 gramm plastik evaziga nonushta beriladi. Uttar-Pradeshda esa plastik evaziga ayollar uchun gigiyenik vositalar tarqatilmoqda. Hatto Kambodjada ham shunday dastur yo‘lga qo‘yilgan.

Mutaxassislar fikricha, bu kabi tashabbuslar dunyoda yillik ishlab chiqarilayotgan 400 million tonna plastik chiqindilarning ta’sirini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Chunki hozirda ularning atigi 9 foizi qayta ishlanadi.

O‘zbekistonda ham chiqindi masalasi dolzarb: faqat Toshkentning o‘zida yiliga 1,5 million tonnadan ortiq maishiy chiqindi to‘planadi. Mutaxassislar Ambikapur tajribasi singari loyihalar mamlakatimizda ham joriy etilsa, ekologik holat yaxshilanishi va aholi ongli ravishda chiqindilarni saralashga o‘rganishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?