date

Tramp: "Putin bilan tez orada telefonda gaplashaman"

Tramp: "Putin bilan tez orada telefonda gaplashaman"

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan yaqin kunlarda suhbatlashishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, telefon orqali muloqot shu hafta yoki kelasi haftaning boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.

"Menimcha, shu hafta yoki keyingi hafta boshida", — deya izohladi Tramp jurnalistlarga.

Avvalroq AQSH prezidenti Moskva Rossiya-Ukraina urushini ataylab cho‘zayotganini ta’kidlagan edi.

"Men har safar biz unga yaqinlashamiz deb o‘ylasam, ular borib kimgadir yana bir bomba tashlashadi va bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", dedi Tramp radio boshlovchisi Stiv Rozenbergga bergan intervyusida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: "Putin bilan tez orada telefonda gaplashaman"