date

Nepalda Hilton mehmonxonasi isyonchilar tomonidan yoqib yuborildi

Nepalda Hilton mehmonxonasi isyonchilar tomonidan yoqib yuborildi

Nepal poytaxti Katmanduda dunyo miqyosida mashhur Hilton mehmonxonasi yong‘inga duchor bo‘ldi. Mahalliy Khabarhub nashrining yozishicha, mehmonxona 10 sentyabr kuni kechasi isyonchilar tomonidan ataylab yoqib yuborilgan.

Hodisa yuz bergan paytda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilgan bo‘lsa-da, oldindan tayyorlangan hamla tufayli binoni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Hindistonning ANI axborot agentligi tarqatgan videolarda butunlay yongan, qurum bilan qoplangan mehmonxona inshootlari aks etgan.

Manbalarning qayd etishicha, Hilton mehmonxonasi Nepal kongressi hukmron partiyasi rahbarining o‘g‘li bilan aloqadorligi haqidagi xabarlar tarqalgandan so‘ng isyonchilar g‘azabiga uchragan. Aynan shu ma’lumotlar ortdan binoni o‘tqo‘yish aksiyasi amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Bu Nepaldagi «Z avlod» isyonlari doirasidagi yirik yong‘inlardan navbatdagisi bo‘ldi. Avvalroq mamlakat poytaxtidagi hukumat uyi hamda milliy ramz hisoblangan Singha Durbar saroyi ham yoqib yuborilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nepalda Hilton mehmonxonasi isyonchilar tomonidan yoqib yuborildi