Isroil G‘azo sektoriga quruqlikdan hujumni boshladi

1 daqiqa o'qish279
Isroil G‘azo sektoriga quruqlikdan hujumni boshladi
16-sentyabr, seshanba kuni Isroil G‘azo shahriga qarshi quruqlikdagi hujumning asosiy bosqichini boshladi, deb Kursiv Media xabar berdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Isroil armiyasi (CAXAL)ning bildirishicha, qo‘shinlar shahar markaziga qarab harakatlanmoqda. U yerda taxminan 3 minggacha HAMAS jangarisi borligi aytilmoqda. Mudofaa vaziri Israil Katsga ko‘ra, hujumdan maqsad — HAMASni yo‘q qilish, terror infratuzilmasini barbod etish va garovdagi fuqarolarni ozod etish sharoitini yaratishdir.
G‘azo rasmiylariga ko‘ra, hujumning ilk soatlarida havo zarbalari oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati tinch aholi. Tanklar turar joy massivlariga kirib borgan. Isroil yana bir bor fuqarolarni hududni tark etishga chaqirdi.
BMT komissiyasi aynan shu kuni Isroilni G‘azada qirg‘in va unga da’vat qilishda aybladi. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, bir sutkada yana 3 kishi ochlikdan vafot yetdi — ulardan biri bola. Ochlikdan o‘lganlar soni jami 428 nafarga yetgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?