date

Qirg‘izistondagi 3 magnitudali yer silkinishi O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘izistondagi 3 magnitudali yer silkinishi O‘zbekistonda ham sezildi
25-sentyabr kuni soat 06:20 da Qirg‘iziston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezildi, deb xabar berdi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila epitsentri Toshkentdan 246 km janubi-sharqda, Qirg‘izistonning Botken viloyatida joylashgan. Uning magnitudasi 3, chuqurligi 5 km, epitsentrda sezilish kuchi 4 ball bo‘lgan.

O‘zbekistonda zilzila quyidagicha his qilindi: Quvasoy shahrida — 2 ball (23 km), Farg‘ona tumanida — 2–3 ball (14 km), Farg‘ona shahrida — 2 ball (23 km).

Hodisa oqibatida zarar va jabrlanishlar haqida ma’lumot berilmadi. Zilzila parametrlari aniqlashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistondagi 3 magnitudali yer silkinishi O‘zbekistonda ham sezildi