AQSH va Yevropada kalamushlar soni keskin ko‘paymoqda

2 daqiqa o'qish248
AQSH va Yevropada kalamushlar soni keskin ko‘paymoqda

Oxirgi yillarda dunyo bo‘ylab ko‘plab shahar aholisini jiddiy tashvishga solayotgan muammolardan biri — kalamushlar sonining keskin ko‘payishi. AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Gollandiya va boshqa rivojlangan davlatlar shaharlarida bu holat tobora ko‘proq kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda mahalliy va xalqaro nashrlar.

Mutaxassislar bunday xavfli tendensiyaning sabablarini turlicha izohlamoqda. Ular orasida shahar chiqindilarini o‘z vaqtida yig‘ishdagi muammolar, eskirib qolgan kanalizatsiya tizimlari, tez ovqatlanish madaniyatining ortishi, shuningdek, global iqlim o‘zgarishi va qish faslining yumshoq kelishi kabi omillar borligi aytiladi.

Buyuk Britaniya zararkunandalarga qarshi kurash assotsiatsiyasi (BPCA) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi besh yil ichida a’zo kompaniyalar tomonidan kalamushlarni yo‘qotishga oid murojaatlar sezilarli darajada ko‘paygan. Masalan, Angliya janubida faoliyat yurituvchi Cleankill kompaniyasi so‘nggi ikki yil ichida bunday murojaatlar 20 foizga o‘sganini qayd etgan.

Holat AQSH va Kanadada ham keskin tus olgan. Science Advances jurnalida e’lon qilingan ilmiy tadqiqotda oxirgi 20 yil ichida qator shaharlarda kalamushlar faolligining yuksalishi qayd etilgan. Xususan, Vashingtonda 400 foizga, San-Fransiskoda 300 foizga, Nyu-Yorkda 160 foizga, Toronto shahrida esa 180 foizga oshishi aniqlangan.

Olimlar ta’kidlashicha, kalamushlar tabiatan juda serhosil hayvonlar hisoblanadi. Bir urg‘ochi yil davomida oltita nasl qoldirishi va har birida o‘n ikkigacha kuchukcha tug‘ishi mumkin. Agar ular nazoratsiz qolsa, bor-yo‘g‘i ikki kalamush bir yilda mingtadan ortiq nasl qoldirishi ehtimoldan xoli emas.

Shu bilan birga, kalamushlarning “neofobiya” — ya’ni yangi narsalardan ehtiyot bo‘lib qo‘rqishi, ularni yo‘qotish jarayonini yanada qiyinlashtiradi. Zaharni avvaliga kichik miqdorda sinab ko‘rib, keyin ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari ularni odatiy usullarda yo‘q qilish imkoniyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, ba’zi kalamushlarda ayrim kimyoviy moddalarga qarshi immunitetni shakllantiradigan genetik mutatsiyalar ham kuzatilayotgani ma’lum qilingan.

Shu bois zararkunandalarga qarshi kurash xizmatlari uzoq muddat ta’sir qiladigan zamonaviy preparatlardan foydalanishga o‘tib, yangi strategiyalarni ishlab chiqmoqda. Biroq ekspertlar bunday choralar samarasi ham cheklanganini ta’kidlashmoqda.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, kalamushlar nafaqat shahar infratuzilmasiga zarar yetkazadi, balki odamlar salomatligi uchun ham katta xavf tug‘diradi. Ular leptospiroz, xantavirus kabi og‘ir kasalliklarni tarqatishi va turli infeksiya manbai bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?