Filippinda kuchli musson yomg‘irlari va to‘fonlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi. Mamlakat Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish milliy kengashi (NDRRMC) ma’lumotiga ko‘ra, ofatdan 2,8 millionga yaqin kishi jabr ko‘rgan. Bu haqda PNA agentligi xabar qildi.
Rasmiylarga ko‘ra, hodisa davomida 33 kishi jarohat olgan, yana 14 nafar fuqaro bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, 8 ming 900 dan ortiq xonadonga zarar yetgani ma’lum qilindi.
Ofatga sababchi bo‘lgan “Ragasa” tayfuni 16-sentyabr kuni Tinch okeanida tropik bo‘ron sifatida shakllanib, shimoli-sharqiy qirg‘oqqa yetib kelganda super tayfunga aylangan. Shamol tezligi soatiga 260 kilometrgacha yetgan.
Bu munosabat bilan Filippin, Tayvan va Gonkong hukumatlari aholini ogohlantirish va favqulodda holatga tayyor turish choralarini ko‘rdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!