AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga olib kiriladigan barcha xorijiy filmlarga 100 foiz boj solinishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bu qaror Amerika kino sanoatini himoya qilish uchun zarur.
Ammo hozircha boj qanday huquqiy asosda joriy etilishi noma’lum. Oq uy va yirik kino kompaniyalar bu masalada izoh bermagan. Mutaxassislar esa bu qaror Gollivudning xalqaro faoliyatiga katta ta’sir qilishi mumkinligini aytmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, boj tufayli film ishlab chiqarish xarajatlari ortadi va bu tomoshabinlar uchun ham qimmatroq bo‘lishi mumkin. Xorijda suratga olinadigan yirik loyihalar ham xavf ostida qolishi ehtimoli bor.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh kino sanoati 2023 yilda 22,6 milliard dollarlik eksport amalga oshirgan. Yangi siyosat esa bu ko‘rsatkichlarni kamaytirishi va xalqaro hamkorlikni qiyinlashtirishi mumkin.