date

Xitoylik ayol 6,7 milliard dollarlik bitkoin o‘g‘irlagani fosh etildi

Xitoylik ayol 6,7 milliard dollarlik bitkoin o‘g‘irlagani fosh etildi

Londondagi sud 47 yoshli Xitoy fuqarosi Chjimin Syanni 6,7 milliard dollarlik bitkoinlarni qo‘lga kiritish va ular orqali Buyuk Britaniyada qimmatbaho ko‘chmas mulk sotib olish orqali mablag‘larni o‘g‘irlashga uringanlikda aybdor, deb topdi. Bu haqda Skotland-Yard matbuot xizmati o‘z rasmiy saytida ma’lumot tarqatdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tergov jarayonida ayoldan 61 mingdan ortiq bitkoin musodara qilindi. Bu tarixdagi eng yirik kriptovalyuta musodarasi sifatida qayd etilmoqda.

Tekshiruvchilarning aniqlashicha, Syan 2014–2017-yillar oralig‘ida 128 mingdan ziyod Xitoy fuqarosini, jumladan tadbirkorlar, nafaqaxo‘rlar, bank xizmatchilari va sud tizimi xodimlarini turli yo‘llar bilan aldagan. U qo‘lga kiritgan ulkan mablag‘larni bitkoinga aylantirgan va soxta hujjatlar yordamida Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan. Bu yerda esa u qimmatbaxo uy-joylar sotib olib, mablag‘larni qonuniy ko‘rinishga chiqarishni rejalashtirgan.

The Sun gazetasi xabar qilishicha, politsiya Syanning shaxsiy kundaligini ham topgan. Unda ayol o‘zini Dalay Lama tomonidan moylangan “qayta tug‘ilgan ma’buda” sifatida ko‘rgani, hatto “Liberland” nomli o‘ziga xos podshohlik tashkil etib, unda malika sifatida hukmronlik qilishni orzu qilgani yozilgan.

Hozirda jinoyatchi ayol hibsga olingan va o‘z aybini tan olgan holda sud hukmini kutmoqda. Bu ish nafaqat moliyaviy firibgarliklar, balki kriptovalyuta orqali jinoyatlarning qanchalik ko‘lamli bo‘lishi mumkinligini yana bir bor namoyon etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik ayol 6,7 milliard dollarlik bitkoin o‘g‘irlagani fosh etildi